27 yoshli misrlik mashhur futbolchi, hozirda "Liverpul" klubining o‘yinchisi hisoblangan Muhammad Saloh o‘zining tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i aholisiga bir tonna oziq-ovqat va tibbiy niqoblar sovg‘a qildi.
Futbolchining otasi Galining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li barcha qishloq aholisiga salomatlik tilab, ularni katta yig‘ilishlardan qochishga va karantin talablariga rioya qilishga chaqirmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, shahar obodonlashtirilib, aholiga tibbiy niqoblar tarqatilgan.
Gali yaqinda ikkita qoramol so‘yilishi, go‘sht qishloq va qo‘shni shahar aholisiga tarqatilishini qo‘shimcha qildi.