Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olmaganini tushuntirishi kerak" - XJS bosh prokurori

"Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olmaganini tushuntirishi kerak" - XJS bosh prokurori

Xalqaro jinoiy sud (XJS) bosh prokurori Karim Xon Mo‘g‘uliston Putinni mamlakatga tashrifi chog‘ida nima uchun hibsga olmaganini tushuntirishi kerakligini iddao qilmoqda.

«Sud darajasidagi muzokaralar jarayoni davom etmoqda. Agar hamkorlikda ishlamaganligi aniqlansa, sudyalar o‘z tavsiyalarini berishlari mumkin, ammo men hech narsani oldindan hukm qilishni xohlamayman, chunki hozir bu masala sudyalar va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasida hal qilinmoqda», dedi prokuror BBC bilan suhbatda.

Xonning aytishicha, u ertami-kech prezident Putinning Gaagadagi sudlov mahkamasiga kirishiga shubha qilmaydi. U sobiq Yugoslaviyani misol qilib keltirar ekan, «tribunal Miloshevichni aytmasa ham, Karajich va Mladichni hibsga olishga order so‘raganida odamlar kulishdi», deb esladi.

«Ammo, tarix ko‘rsatganidek, o‘tmishda o‘z mamlakatida va mintaqasida katta kuchga ega bo‘lgan bu odamlar sudlov mahkamasiga tushib qolishdi», dedi Xon.

Kiritildi: 23:30 07.09.2024. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!