Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar: “Jamiyatda qanday martabada bo‘lishimizdan qat’iy nazar, qonun-qoidaga amal qilishimiz shart!”

A A A
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar: “Jamiyatda qanday martabada bo‘lishimizdan qat’iy nazar, qonun-qoidaga amal qilishimiz shart!”

2024 yil 1 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida diniy soha xodimlarining videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023 yilda amalgan oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Muftiy hazratlari yig‘ilish avvalida yurtimizda diniy sohada keng ko‘lamli islohotlar qilingani, yaxshi natijalarga erishilgani va e’tirofga loyiq ishlar ko‘p bo‘lganini ta’kidladilar. Xususan, o‘tgan yilda 13 ta masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, shu bilan so‘nggi yillarda yangi ochilgan masjidlar soni 90 tani tashkil etayotgani, 75 ta jome binosi qayta bunyod etilgani, Qur’on kurslari soni 28 taga yetgani, Mir Arab oliy madrasasi, “Hadichai Kubro” madrasasi zamonaviy binoga ko‘chib o‘tgani, ta’lim-tarbiya jarayonlari bugungi talablar darajasida takomillashgani, Azhari sharifdan 7 nafar ustoz jalb qilingani kabilar haqida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, yig‘ilishda tanqidiy-tahliliy masalalarni ham ko‘rib chiqish asnosida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari barcha diniy soha xodimlarini amaldagi qonunlarga qattiq rioya etishga chaqirib: “Biz qonun ustuvor bo‘lgan davlatda yashaymiz. Shunday ekan jamiyatda qanday martaba yoki maqomda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, milliy davlatchilik talablari va qonun-qoidalarga amal qilishimiz shart!”, deb alohida ta’kidladilar.

Kiritildi: 20:51 01.02.2024. O'qildi: 1407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!