Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Muftiy: «Makronning harakatlari insoniyatni halokatga olib kelishi mumkin!»

Muftiy: «Makronning harakatlari insoniyatni halokatga olib kelishi mumkin!»

Rossiyaning Osiyo qismi muftiysi Nafigulla Ashirov «Gazeta.ru» muxbiri bilan suhbatda Fransiya Prezidentining xatti-harakatlari insoniyatni halokatga olib kelishi mumkinligini aytdi. Muftiy Makronning siyosatini qoralab, uni katta xato deb atadi. 

"Bugun Makron va uning atrofidagilar olg‘a surayotgan shiorlar ostida Fransiya musulmonlari o‘zlarini xo‘rlanganday  his qilmoqda. Bu juda katta xato, agar Fransiya musulmonlariga qarshi maqsadli kampaniya bo‘lmasa... Men hech qachon mamlakatimizda, prezident u yoqda tursin, biror bir mer yo gubernator aholining bir qismi haqida salbiy va boshqa bir qismi haqida ijobiy gapirganini eshitmaganman. Makron mana shunday qilmoqda. Uning siyosati diniy qarama-qarshiliklar va yangi qurbonlarga olib kelishi mumkin", - deydi u.

Ashirov Fransiya Prezidentini "musulmonlar dushmani"deb atagan Checheniston muftiysini ham qo‘llab-quvvatladi.

"Menimcha, bu oddiy haqiqat va ogohlantirish. Makronning harakatlari yanada fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin."

Kiritildi: 19:55 27.10.2020. O'qildi: 3470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!