Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mudofaa vazirligi: Fransiya va Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari o‘nga yaqin shartnomalarni imzoladilar

A A A
Mudofaa vazirligi: Fransiya va Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari o‘nga yaqin shartnomalarni imzoladilar

Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Sebastyan Lekornyuning Kiyevga tashrifi chog‘ida Fransiya va Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari o‘nga yaqin bitimlar tuzdi.

Bu haqda Lekornyu X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) yozgan.

“Kecha bizning korxonalarimiz o‘rtasida o‘nlab shartnomalar imzolangani bizning majburiyatimiz mustahkamligi va ishonchliligini ko‘rsatadi”, — deyiladi bayonotda.

Vazirning aniqlik kiritishicha, shartnomalar Fransiyaning yirik kompaniyalari, kichik biznes va artilleriya, zirhli texnika, dron va minalardan tozalash uskunalarini ishlab chiqaruvchi startaplar tomonidan imzolangan.

Kiritildi: 14:43 29.09.2023. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!