Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi

Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad qidurvga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, Alisher Ahmadovich Tursunov (taxallusi “Mubashshir Ahmad”) Jinoyat kodeksining 2442-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgan.

Mubashshir Ahmad qidiruvga berildi

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida ta’sischisi Mubashshir Ahmad bo‘lgan "Azon.uz" sayti o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, Alisher Tursunov Turkiyaga ketib, o‘sha yerda “Azon Global” portalida ishini davom ettirayotgan edi. 2023 yilning 28 dekabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Mubashshir Ahmad Turkiya polisiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilib, Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportasiya markaziga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq, 2024 yil 21 fevral kuni O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Mubashshir Ahmad deportasiya markazidan oilasi bag‘riga qaytganini xabar qilgan.

Kiritildi: 21:07 19.02.2025. O'qildi: 1600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!