Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mualliflik huquqini buzayotgan saytlarning reestri yuritiladi

A A A
Mualliflik huquqini buzayotgan saytlarning reestri yuritiladi

“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 26.04.2022 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reestriga (Reestr) kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

⏩ Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

☑️ 2022 yil 1 avgustdan quyidagi tekshirish va o‘rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

▫️sertifikasiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
▫️Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro‘yxatidan o‘tkazishda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.

➡️ 2022 yil 1 iyungacha sertifikasiyalash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin.

🔘 2022 yil 1 sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk ob’ektlarini Reestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo‘yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

✅ 2023 yil 1 yanvargacha intellektual mulk ob’ektlarining auksion savdosini o‘tkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

🖥 2022 yil 1 oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.

📋 Qaror bilan 2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Kiritildi: 12:04 29.04.2022. O'qildi: 1913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!