Mozambikda ilmiy vazifani bajarayotgan Rossiyaning "Atlantida" okeanografik kemasi o‘qqa tutildi.
Club of Mozambique ma’lumotiga ko‘ra, voqea 10 may kuni Kvirimbas arxipelagidagi Tambuzi oroli yaqinida sodir bo‘lgan. 62 metr uzunlikdagi kema Maputu portiga yo‘l olayotganida, unga noma’lum ikki kemadan o‘q otilgan.
Rossiyaning Maputadagi elchixonasi hujumni tasdiqladi. "Gap Rossiya kemasiga uyushtirilgan hujum haqida ketmoqda, buni Rossiyaning Maputadagi elchixonasidagi rasmiy manba tasdiqladi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dengiz ilmiy tadqiqotlarini olib borgan 62 metrli kema 10 may kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:00 da Maputu portiga qaytayotgan bo‘lgan," deyiladi Club of Mozambique xabarida.