Madridning «Real» klubi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo bilan mehnat shartnomasi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar bermoqda.
Jurnalistga ma’lum bo‘lishicha, «The Special One» laqabli murabbiyning Ispaniya grandi bilan tuzadigan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallanadi. Madridliklar Mourinyoning «Benfika»dan muddatidan oldin ketishi uchun «burgutlar»ga 7 million yevro tovon puli to‘lashadi.
Eslatib o‘tamiz, Joze avval ham «qirollik klubi»da faoliyat yuritgan. Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida Madrid jamoasi Ispaniya chempionatida zafar quchgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan edi.