Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Mourinyodan Gvardiolaga javob

Mourinyodan Gvardiolaga javob

Joze Mourinyo Xosep Gvardiolaning APL sovrinlari borasidagi so‘zlariga javob qaytardi.

1 dekabr kuni "Liverpul" jamoasi "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub qildi. Ikkinchi bo‘limning oxirida "Enfild"dagi muxlislar Pepga qarata: "Ertalab seni iste’foga chiqarishadi!", deb baqirishdi. Bunga javoban murabbiy raqib muxlislariga qarata 6ta barmog‘ini ko‘rsatdi. "Shaharliklar" uning qo‘lostida APLni aynan shuncha marta yutishgan.

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda xuddi shunga o‘xshash holatda raqib muxlislariga 3ta barmog‘ini ko‘rsatgan Mourinyuni rasmini Gvardiolaniki bilan birga ishlata boshlashdi. Joze MYuni boshqarib yurgan kezlari "Tottenxem"dan 0:3 hisobida yengilganidan keyin raqib muxlislariga 3ta barmog‘ini ko‘rsatib APLni 3 bor yutganiga ishora qilgan. Gvardiola esa shu holatga o‘z fikrini quyidagicha bildirdi: "U (Mour) APL bosh sovrinini 3 marta yutgan, men esa 6 marta". Mourinyu har uchchala chempionligini "Chelsi" boshqaruvida qo‘lga kiritgan.

"Gvardiola mening manzilim sari APL sovrinini olti marta yutganini, men esa 3 marta g‘olib bo‘lganimni gapiribdi. Lekin, men uchchala chempionligimni ham halol va toza yo‘l bilan qo‘lga kiritganman.

Agar men yutqazsam raqibni tabriklayman, chunki u mendan yaxshiroq bo‘lgani uchun yutgan. 150ta ish ko‘rib chiqilayotgan pallada g‘alaba qozonishni xohlamayman.

Men g‘alaba qozonishni xohlayman, lekin men buni toza va halol yo‘l bilan qilishni xohlayman", - dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo.

Kiritildi: 18:37 06.12.2024. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!