Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo "Real"ga umuman keraksiz bo‘lgan futbolchini Turkiyaga olib ketmoqchi

A A A
Mourinyo "Real"ga umuman keraksiz bo‘lgan futbolchini Turkiyaga olib ketmoqchi

Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba Ispaniyadan Turkiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Aspor xabariga ko‘ra, tajribali avstriyalik futbolchining transferiga Istanbulning "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda.

Turkiya top-klubi madridliklar bilan futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga kirishdi. Alabaning transferiga shaxsan "kanareykalar" ustozi Joze Mourinyo qiziqish bildirmoqda. Ammo himoyachi hozir Istanbulga ko‘chib o‘tish ishtiyoqida yonayotgani yo‘q. Avstriyalik futbolchi keyingi mavsumni "qirollik klubi"da o‘tkazmoqchi.

Futbolchining "Real" bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning yarmigacha mo‘ljallangan. 33 yoshli futbolchining transfer narxi olti million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 20:01 03.08.2025. O'qildi: 1426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!