Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mourinyo «Real» foydalanmayotgan yosh yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Mourinyo «Real» foydalanmayotgan yosh yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Fenerbaxche» qishki transfer oynasida tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. "AS" o‘z sahifalarida xabar berishicha, «kanareykalar» yarim himoyachi Arda Gyulerni ijaraga olish varianti haqida o‘ylashmoqda.

Qayd etilishicha, Madridning «Real» klubi yanvar oyida Gyulerni ijaraga berishi mumkin, shunda futbolchi o‘yin vaqti olishi mumkin bo‘ladi. Ayni damda turkiyalik yarim himoyachi «Real» safida ko‘p maydonga tushmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Arda Gyuler 2023 yilning yozida «Fenerbaxche»dan «Real»ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 21:24 09.10.2024. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!