Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bokschilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro musobaqada 10 ta medal qo‘lga kiritishdi

Bokschilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro musobaqada 10 ta medal qo‘lga kiritishdi

Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha "Shokir Boltekuli" xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy XVI xalqaro turnir o‘tkazildi.

Kecha musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Oltin medal:

-63,5 kg: Sayat Ilyasov

-67 kg: Shahboz Yunusaliyev

-75 kg: Sirojiddin Xojahmedov

-92 kg: Nusrat Tohirov.

Kumush medal:

-51 kg: Nodirjon Mirzahmedov

-80 kg: Sardor Shomurodov.

Bronza medal:

-57 kg: Ayubxon Baxtiyorov

-63,5 kg: Javohir Qoysinov

-75 kg: Alisher Ayubov

-92 kg: Aynazar Kenesbayev.

Kiritildi: Bugun 11:04. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!