Ozarbayjon havo yo‘llariga qarashli, Boku – Moskva reysini amalga oshirayotgan «Airbus A340» samolyoti belgilangan manzilga yetmasdan ortga qaytib, parvoz boshlangan Haydar Aliyev nomidagi aeroportga qayta qo‘ndi. Bu haqda «RIA Novosti» aviakompaniya mas’ullariga tayanib ma’lum qilgan.
"Ozarbayjon havo yo‘llari" (AZAL)ning «J2-807» Boku - Moskva reysi (Vnukovo aeroportiga yo‘l olgan) sardori o‘zi boshqaruvidagi “Airbus A340" havo kemasini texnik sabab tufayli boshlang‘ich aeroportga qaytarishga qaror qildi. Samolyot... Haydar Aliyev nomidagi aeroportga mahalliy vaqt bilan 09:11 (Moskva vaqti - 08:11 - tahririyat)da muvaffaqiyatli yerladi", - deyiladi xabarda.
Axborotda qo‘shimcha qilinishicha, kechiktirilgan Boku - Moskva va Moskva - Boku reyslari yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirilib, havo layneri parvozi bilan bog‘liq texnik muammo hal etilgunga qadar barcha zarur xizmatlar bilan ta’minlanadi.
Darvoqe, bu bugunnning o‘zida Moskvaga uchgan va parvozi bekor qilingan samolyot bilan bog‘liq ikkinchi holat.