Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Moskvada o‘tgan yili migrasiya sohasida qancha qonunbuzarlik qayd etilgan?

Moskvada o‘tgan yili migrasiya sohasida qancha qonunbuzarlik  qayd etilgan?

O‘tgan yili Moskvada migrasiya qonunchiligining 214 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarliklari aniqlandi Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot markazi xabar bermoqda.

"2022 yilda migrasiya qonunchiligida 214 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, o‘tgan yili polisiya xodimlari noqonuniy mehnat faoliyati bilan bog‘liq 7,5 mingta holatni aniqlashgan. Shuningdek, 9,7 mingta “chet el fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilish tartibining buzilishi” qayd etilgan.

Avvalroq Rossiya IIV mamlakatda chet el fuqarolari tomonidan 2022 yilning 11 oyida sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 foizga o‘sganligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 01:38 23.01.2023. O'qildi: 2213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!