AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va amerikalik biznesmen Jared Kushner ishtirokida Moskvada Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar "mazmunli" bo‘ldi. Bu haqda Reuters Oq uydagi manbasiga tayanib xabar berdi.
"Muzokaralar mazmunli o‘tdi. Keyingi qadamlar haqida yaqin haftalar ichida e’lon qilinadi", — deyiladi xabarda.
CBS News manbasiga ko‘ra, Uitkoff va Kushner Ukrainada ham xuddi shunday samarali uchrashuvlar o‘tkazilishini kutmoqda.