Moskvada Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotgan aksiyalarda qo‘lga olinganlar soni 400 kishiga yetdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar berdi.
Rasmiylarning ma’lumot berishicha, aksiyada jami 1 200 kishi qatnashgan.
«Meduza» nashrining jurnalisti Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi Moskva rasmiylari tomonidan tasdiqlanmagan. Hibsga olish ham tadbir boshlanishi bilanoq, ya’ni 12:00 da «Chistie prudi» metrosida boshlangan. Xabarda aytilishicha, dastlab plakat ko‘tarib kelganlar qo‘lga olingan, keyinroq esa odamlar ko′aygach, polisiya dubinka ishlata boshlagan.
Polisiya «Meduza» nashri jurnalisti Ivan Golunovni 6 iyun kuni giyohvand moddalar savdosida shubha qilib, qo‘lga olgan. Lekin 11 iyun kuni undan ayblov olib tashlangan va u ozod qilingan. Bu vaqtda esa aksiya endigina boshlanish arafasida edi.
Jurnalist aybini tan olmadi va giyohvand moddalar uning uyiga tashlab ketilganini ta’kidlagan. U ta’qiblarni o‘zining kasbiy faoliyati bilan, xususan Moskvadagi dafn marosimini o‘rganish bilan bog‘lagan.
Manba: daryo.uz