Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Moskvada firibgarlar pensionerdan 27 million rubldan ortiq pulni o‘g‘irladi

Moskvada firibgarlar pensionerdan 27 million rubldan ortiq pulni o‘g‘irladi

Telefon orqali firibgarlik qilgan shaxslar o‘zlarini ish beruvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari sifatida tanishtirib, 85 yoshli moskva­lik pensionerdan 27 million rubldan ortiq pulni qo‘lga kiritishdi. Ular erkakni mol-mulkini sotishga va pullarni kuryerlarga topshirishga ishontirgan. Bu haqda Moskva prokuraturasi xabar berdi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, erkakka messenjer orqali go‘yoki ish beruvchisidan xabar kelgan. Unga tekshiruv o‘tkazilishi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari qo‘ng‘iroq qilishi haqida ogohlantirish berilgan. Ko‘p o‘tmay, pensionerga o‘zini huquq-tartibot idorasi xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qilib, uning bank hisoblaridan pul o‘g‘irlashga urinishlar bo‘layotganini aytgan. U firibgarlarni qo‘lga olishga yordam berish uchun maxsus ilovani o‘rnatishga ham ko‘ndirgan.

Jinoyatchilar erkakka unga qarshi firibgarlar harakat qilayotganini aytib, mablag‘larini zudlik bilan bank hisoblaridan echib olish va keyinchalik qaytarib berish sharti bilan go‘yoki maxsus hisobga o‘tkazish zarurligini uqtirishgan.

«Firibgarlarning to‘liq nazorati ostida qolgan keksa erkak turli banklardagi hisoblaridan jamg‘armalarini echib olgan, shuningdek, oltin quymalar sotib olib, ularni o‘ziga parollarni aytgan soxta huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga topshirgan. Telefon orqali ko‘rsatma berib turgan shaxsning buyrug‘i bilan erkak o‘ziga tegishli garaj va avtomobilni sotgan, do‘stlaridan qarz olgan va barcha pullarni kuryerlarga bergan. Etkazilgan umumiy zarar 27 million rubldan oshgan», — deyiladi prokuraturaning «Maks» platformasidagi rasmiy kanalida.

Ma’lum qilinishicha, firibgarlikka aloqador shaxslarni aniqlash masalasi Butirka tumanlararo prokuraturasi nazoratiga olingan.

Kiritildi: 07:40 11.10.2026. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!