"Moskva shahri 21 iyulga o‘tar kechasi boshlangan kuchli yomg‘ir natijasida bir necha soat ichida bir oylik yog‘ingarchilik miqdori yog‘di", deb xabar berdi shahar merligi.
Moskva shahri va viloyatida yo‘llar hamda yer osti o‘tish yo‘laklarini suv bosgan, ko‘plab avtomobillar toshqindan zarar ko‘rgan.