Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Moskvada 17 yillik «Zaporojes» Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi

Moskvada 17 yillik «Zaporojes» Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi

17 yillik «Zaporojes» garajda turgani uchun ajoyib holda saqlangan. Avtomobil kuzovida zanglagan qismlar yo‘q, barcha agregatlar ishlaydi. Mashina o‘tgan davr mobaynida 2156 kilometr yo‘l bosgan.

Mashinani 45 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel harakatga keltiradi. Agregat to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, mashinaning barcha hujjatlari yangilangan, shu sababli uni ro‘yxatga qo‘yishda muammo yuzaga kelmaydi.

Moskvada 17 yillik «Zaporojes» Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi

Foto: «Auto.ru»

Moskvada 17 yillik «Zaporojes» Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi

Foto: «Auto.ru»

Modifikasiyalangan «ZAZ-968MD» 1960 yillarning o‘rtalaridan 1994 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Model imkoniyati cheklangan insonlar uchun rul chambaragi ostidagi boshqaruv tutqichlari bilan jihozlangan. Avtomobilda faqat mufta va tormoz tepkilari mavjud.

Moskvada 17 yillik «Zaporojes» Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi

Kiritildi: 18:58 27.06.2020. O'qildi: 3664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!