Rossiya poytaxtida 3 dekabr kuni yog‘gan yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha kunlik rekord o‘rnatildi.
VDNXdagi meteorologik stansiyaning xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 ga kelib 10 mm qor yog‘gan.
Bu so‘nggi 145 yildagi rekord ko‘rsatkich ekanligi ma’lum qilindi.
Avvalgi rekord 1980 yilning shu kuni o‘rnatilgan edi.
O‘sha paytda 9,4 mm qor yog‘gandi.