13 iyun kuni tushdan keyin Moskvani kuchli yomg‘ir qopladi. OAV xabariga ko‘ra , shaharda «to‘q sariq» ogohlantirish darajasi e’lon qilingan
Moskva shimolida yo‘llar suv ostida qoldi, o‘nlab avtomobil va avtobuslar suv ostida qoldi. Suv yer osti avtoturargohlari va savdo markazlariga kirib ketdi. Fili-Davydkovo hududida Mazilovskiy hovuzi qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Polisiya Klyazminskaya ko‘chasida harakatni to‘sib qo‘ydi va bu hududda tirbandlik paydo bo‘ldi. Shuningdek, Bagrationovskaya va Kuntsevskaya o‘rtasidagi Filevskaya metro liniyasida poezdlar vaqtincha harakatlanmadi.
Sinoptiklarning fikricha, poytaxtda kuchli yog‘ingarchilik juma kuni ertalabgacha davom etadi.