Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Moskva va Toshkent bir-birining ishiga aralashmaslikka kelishib oldi

A A A
Moskva va Toshkent bir-birining ishiga aralashmaslikka kelishib oldi

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida muzokara o‘tkazdi.

Shuningdek, ular mamlakatlarning bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini muhokama qildilar va muloqotni «ittifoq ruhida» davom ettirishga kelishib oldi.

«Strategik sherikligimizning dolzarb mavzulari, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazdik. An’anaga ko‘ra, hamkorligimiz kun tartibi keng bo‘lib, barcha sohalarni qamrab oladi. O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi ta’kidlandi. Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik», dedi Saidov Telegram-kanalida.

Kiritildi: 16:41 27.09.2024. O'qildi: 1926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!