2024 yil may oyidan beri Rossiyaning Shvesiyadagi elchixonasiga dronlar yordamida 11 ta hujum uyushtirildi.
Bu haqda RIA Novosti Rossiya diplomatik vakolatxonasiga tayanib yozmoqda.
"2024 yil may oyidan boshlab elchixona hududiga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda 11 ta hujum qayd etilgan bo‘lib, ularda bo‘yoq idishlari tashlangan va moddiy zarar yetkazilgan," - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, hujumlar oqibatida bir nechta avtomobil shikastlangan.