O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan Monopoliyaga qarshi kurashish federal xizmati (Rossiya Federasiyasi) o‘rtasida raqobat siyosati sohasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga intilib,
tenglik va o‘zaro manfaat prinsiplariga asoslanib, Tomonlar davlatlarining samarali iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishda raqobat siyosatining hal qiluvchi rolini ta’kidlab,
quyidagilar to‘g‘risida o‘zaro anglashuvga erishdilar:
1. Tomonlar o‘z davlatlari qonunchiligiga muvofiq quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish niyatidalar:
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzilishlariga samarali chek qo‘yish sohasida tajriba almashish;
— tovar bozorlarining holati to‘g‘risidagi maxfiy bo‘lmagan ma’lumotlarni, shu jumladan Tomonlardan birining so‘roviga binoan qonunchilik va raqobat siyosati sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish;
— raqobatni cheklash va ta’sir choralarini qo‘llash holatlarini aniqlash tezkorligini oshirish maqsadida Tomonlar faoliyatida innovasion ishlanmalar va axborot texnologiyalarni tatbiq etish masalalari bo‘yicha tajriba almashish;
— maxfiy bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etish va uslubiy yordam ko‘rsatish, raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda takliflar va xulosalar tayyorlash;
— Tomonlar xodimlarining malakasini oshirish tajribasi va usullari bilan almashish;
— raqobatni huquqiy ta’minlash va himoya qilish sohasida tajriba almashish;
— monopoliyaga qarshi qonunchilik va raqobat siyosati sohasidagi ko‘p tomonlama xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashish.
2.Tomonlar ikki tomonlama uchrashuvlar, konferensiyalar va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish orqali turli darajadagi hamkorlikni rivojlantirish
3. Ushbu Memorandumga binoan Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik har bir Tomonning davlat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Ushbu Memorandumni qo‘llash boshlangan kundan 2017 yil 27 aprelda O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish federal xizmati (Rossiya Federasiyasi) o‘rtasida imzolangan raqobat siyosati sohasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum qo‘llanilishi tugatildi.