Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20 iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5 sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:

  • 3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
  • 3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
  • 3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
  • 3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
  • 3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
  • 3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
  • 3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20 iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5 sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Kiritildi: 16:55 15.03.2025. O'qildi: 377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!