Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Moliya vaziri korrupsiyada ayblanib hibsga olindi

Moliya vaziri korrupsiyada ayblanib hibsga olindi

Qatar moliya vaziri Ali Sharif al-Imodiy davlat mulkiga zarar yetkazish va xizmat vakolatini suiiste’mol qilish aybi bilan hisbga olindi. 2013 yildan beri moliya vaziri lavozimida ishlab kelgan al-Imodiy ayni paytda “Qatar havo yo‘llari” kompaniyasi va Qatar milliy banki boshqaruv kengashlari raisi ham edi. 

QNA agentligi xabariga ko‘ra, payshanba kuni Qatar shayxi Tamim bin Hamod al-Taniy moliya vazirini lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzolagan. Farmonga binoan moliya vaziri lavozimini savdo va sanoat vaziri Ali ibn Ahmad al-Kuvariy vaqtincha bajarib turadi.

Ali Sharif al-Imodiy mamlakat Bosh prokuraturasining qaroriga binoan kecha hibsga olingan. Prokuratura mavjud hujjatlarga asoslanib keng miqyosli surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. 

Eslatib o‘tamiz, tabiiy gaz zaxiralariga boy Qatar eng kichik arab davlatlaridan biri hisoblanadi: aholisi 2,8 million atrofida.

Kiritildi: 14:05 07.05.2021. O'qildi: 5141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!