Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Moldova prezidenti Mayya Sanduda COVID-19 aniqlandi

Moldova prezidenti Mayya Sanduda COVID-19 aniqlandi

Moldova prezidenti Mayya Sanduda koronavirusning yangi turi aniqlandi. Bu haqda davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.

Prezident Moldova Mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok eta olmasligidan afsusda ekanini bildirgan.

«Qadrli do‘stlar, qadrli fuqarolar. Afsuski, men COVID bilan kasallandim va erta-indin o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda qatnasha olmayman. O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, odatdagidan ko‘ra biroz ko‘proq charchab qolayotganimni aytmasa, kasallikning boshqa belgisi yo‘q. Xatarni yuzaga keltirmaslik uchun yaqin bir necha kunga o‘zimni yakkalayman», — deydi Sandu.

Moldova rahbari «COVID hech qayerga ketmaganini» eslatib, fuqarolarni biror gumon paydo bo‘lsa test topshirishga va shifokorga murojaat qilishga chaqirdi.

Moldova Mustaqilligi kunini nishonlashga bag‘ishlangan barcha tadbirlar belgilangan dastur doirasida davom etadi.

Poytaxt meriyasi sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, oxirgi hafta davomida COVID-19 bilan kasallanish holati 40 foizga oshgan:

Kiritildi: 04:25 27.08.2024. O'qildi: 1405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!