Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat qurolli kuchlariga Pokistonning har qanday harakatiga qat’iy javob berishni buyurdi. Bu haqda manbalarga tayanib, PTI agentligi xabar berdi.
"O‘qlarga artilleriya javob beradi," - deya hukumat rahbarining so‘zlarini keltiradi nashr suhbatdoshi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, "Sindur" operasiyasi hali yakunlanmagan. "Agar ular otishsa, biz otamiz, agar ular hujum qilishsa, biz hujum qilamiz, - dedi PTI manbasi. - Biz yangi me’yor vaziyatidamiz, dunyo buni qabul qilishi kerak. Pokiston buni qabul qilishi kerak."