Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

MMA sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishi mumkin

A A A
MMA sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishi mumkin

Xalqaro aralash yakkakurashlar federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun MMA dasturining Olimpiya turiga aylanish imkoniyatlarini baholadi.

– MMA – bu tez rivojlanayotgan sport turi hisoblanadi. Biz, albatta, uning olimpiya oilasining bir qismiga aylanishni xohlaymiz. Shu sababli bu yo‘nalishda qattiq ishlamoqdamiz. O‘z navbatida bu borada raqobatchilar ham yo‘q emas.

MMA Qo‘shma Shtatlarda qanchalik mashhurligini bilasiz, biz ushbu sport turini 2028 yilda Olimpiya oilasiga kirishini kutyapmiz. Ehtimol, MMA Los-Anjelesdagi Olimpia o‘yinlarida hech bo‘lmaganda ko‘rgazmali sport turiga aylanishi mumkin, – deya ta’kidladi Braun.

Ma’lumot uchun MMA boks, karate, jiu jitsu, muaytay, karate, tayekvondo, kurash, dzyudo va kikboksing kabi yakkakurash sport turlarini o‘z ichiga olgan aralash jang san’ati hisoblanadi.

Kiritildi: 09:00 12.06.2021. O'qildi: 2832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!