Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Misrda yillab sudsiz hibsda saqlangan jurnalist ozod qilindi

Misrda yillab sudsiz hibsda saqlangan jurnalist ozod qilindi

Al Jazeera telekanali Misrda jurnalist Mahmud Husayn kutilmaganda ozodlikka chiqarilganini ma’lum qildi. Jurnalist to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri sudsiz va hech qanday ayblovsiz hibsda saqlanib kelayotgan edi.

Mahmud Husayn Misr fuqarosi hisoblanadi. Uning ozodlikka chiqarilishi haqida hech qanday rasmiy izoh berilmadi.

Jurnalist 2016 yilning dekabrida Qohirada, ta’til paytida oilasining oldiga kelganida ushlangan edi. U 15 soat davomida advokatsiz so‘roq qilingach, qo‘yib yuborilgan, biroq bir necha kundan keyin yana qo‘lga olingan. Avvaliga u yolg‘on xabarlar tarqatish va davlatning obro‘sini tushirish uchun xorijiy davlatlardan pul olganlikda ayblandi, biroq rasman ayblov e’lon qilinmadi.

Jurnalistni hisbda ushlab turish muddati o‘n martadan ortiq uzaytirilgan, bu esa ham Misr qonunchiligi, ham xalqaro qonunlarga ziddir.

Al Jazeera Mahmud Husaynning qo‘yib yuborilishi uchun katta kampaniya olib bordi. Jurnalist ushbu telekanalda avvaliga 2010 yilda Qohiradan turib, keyin esa Doxada ishlay boshlagan.

Kiritildi: 15:33 08.02.2021. O'qildi: 1815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!