Misr hukumati vaqtinchalik yashash ruxsatisiz suriyaliklarning mamlakatga kirishini cheklab, sayohat va aviakompaniyalarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Ushbu cheklov, Asad rejimi ag‘darilganidan keyin suriyaliklarga qo‘yilgan ikkinchi yirik cheklovdir.
Endilikda, Yevropa, AQSh va Kanadada yashash ruxsatiga ega suriyaliklar ham Misrga kirish uchun avvaldan xavfsizlik ruxsatini olishlari kerak.
Shuningdek, misrliklarga turmushga chiqqan suriyaliklarga ham cheklovlar joriy etildi.