Misr shimolidagi Port-Said viloyatida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohat oldi.
Bu haqda Akhbar El-Yom hukumat gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Matariya-Port-Said trassasida yuk mashinasi, avtobus va yana uchta mashina to‘qnashib ketgan. Voqea joyiga tez yordam va xavfsizlik kuchlari yetib kelgan, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Hodisa sabablari haqida xabar berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.