Misrda Sitt-Oktyabr shahrida gaz quvuri portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi.
Bu haqda mahalliy Youm7 portali xabar berdi.
"Portlash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi, shuningdek, yaqin atrofda to‘xtab turgan bir nechta avtomobil yonib ketdi," - deyiladi materialda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga quvurdan gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Hozirda mahalliy prokuratura hodisa tafsilotlarini aniqlamoqda, shuningdek, portlash versiyasini ko‘rib chiqmoqda.