Qohirada polisiya pedofil moliyachi Jeffrey Epshteyn nomi bilan atalgan ziyofatni to‘xtatdi. Bu haqda Misr Ichki ishlar vazirligi 11 fevral kuni xabar berdi.
"Bir ayol ijtimoiy tarmoqlarda 10 fevral kuni Qohiraning Qasr an-Nil tumanidagi tungi klubda bo‘lib o‘tadigan "Epshteyn orolida bir kun" nomli ziyofatni targ‘ib qiluvchi reklama haqida shikoyat qildi. Ayollar bepul kiritilishi da’vo qilingan edi", deb ta’kidladi vazirlik.
Ziyorat reklamasi tegishli organlarning ruxsatisiz joylashtirilgani aniqlandi. Tadbir tashkilotchisi hibsga olindi.
Eslatib o‘tamiz, moliyachi Jeffrey Epshteyn jinsiy savdo va voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlarda ayblangan. U 2019 yil 6 iyulda hibsga olingan. Prokurorlar 2002 yildan 2005 yilgacha u Manxettendagi uyiga o‘nlab voyaga yetmagan qizlar uchun tashriflar uyushtirganiga oid dalillarga ega ekanliklarini aytishdi. Ularning eng kichigi o‘sha paytda 14 yoshda edi.
Moliyachiga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi uning o‘limi tufayli tugatildi. Epshteyn 2019 yil 10 avgust kuni qamoqxona kamerasida o‘lik holda topildi.
2024 yil yanvar oyida Nyu-Yorkning Janubiy okrugi Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarni, jumladan, elektron pochta xabarlari, guvohlarning ko‘rsatmalari va huquqiy xulosalarni e’lon qila boshladi. Dastlabki nashrda 150 dan ortiq odamning ismi tilga olingan.
Ro‘yxatga AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton, AQShning hozirgi prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya qiroli Karl IIIning ukasi shahzoda Endryu va Microsoft asoschisi Bill Geyts kiritilgan.