Bir paytlar gullab-yashnagan oltin qazib olish aholi maskani Luksorning Qirollar vodiysi ostidan topildi.
Misrlik arxeologlar to‘rt yillik sinchkov qazishmalardan keyin sahroda qayta tiklangan 3 ming yillik "Yo‘qolgan oltin shahar"ni to‘liq ochishdi. Bu oltin qazib olish markazi edi.
Qizil dengiz viloyatidagi Marsa Alamdan janubi-g‘arbda joylashgan Jabal Sukari yaqinidagi Luksor qirollar vodiysi ostidan topilgan, bir vaqtlar gullab-yashnagan oltin qazib oluvchi Aten shahri 2020 yilda kashf etildi. U bir asrdan ortiq vaqt oldin Tutanxamon qabri topilganidan beri eng muhim arxeologik kashfiyotlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Mutaxassislar shu hafta qazish ishlari yakunlanganidan so‘ng aholi maskani inshootlari, jumladan, uylar, ustaxonalar, ma’muriy binolar, ibodatxonalar va hammomlarning ajoyib tarzda saqlanib qolganiga hayrat bildirdilar.
Shuningdek, tadqiqot guruhi oltin qazib olish uchun to‘liq jihozlangan kon lageri qoldiqlarini ham topdi.