Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Misr O‘zbekistonga “S” gepatitiga qarshi dori vositalarini yubordi

A A A
Misr O‘zbekistonga “S” gepatitiga qarshi dori vositalarini yubordi

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 114.829 AQSh dollariga teng 31 ta qutida 7440 dona bo‘lgan "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasini yurtimizda beg‘araz insonparvarlik ko‘magi sifatida taqdim etilishiga erishildi. Mazkur dori vositalari 31 may kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining samolyotida Sharm ash-Shayx – Toshkent avia yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Ushbu dori vositalari mamlakatimizda "S" gepatitini 2030 yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dasturga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, 2023-2024 yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga "S" gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna bo‘lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik ko‘magi sifatida berilgan.

Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQSh dollariga teng.

Kiritildi: 20:55 01.06.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!