Xabar berilishicha, favqulodda hodisa Sharm ash-Shayxda bir qator jahon yetakchilari, shu jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etayotgan sammit boshlanishiga bir necha soat qolganda sodir bo‘lgan.
Portlash ovozini Al-Shoruka, Badr va Yangi Qohira shaharlari atrofidagi aholi ham eshitgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, portlashga “o‘q-dorilar bilan bog‘liq hodisa” sabab bo‘lgan.
Rasmiylarning aytishicha, voqea hech qanday hujum bilan bog‘liq emas.