Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Misr, Isroil, Qatar, Falastin va AQSh G‘azo kelishuvini kuzatadi

A A A
Misr, Isroil, Qatar, Falastin va AQSh G‘azo kelishuvini kuzatadi

Misr, Isroil, Qatar, Falastin milliy ma’muriyati (PNA) va AQSh vakillari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining bajarilishini nazorat qiladi.

Bu haqda "Al-Qohira al-Ixbariya" telekanali ma’lum qildi.

Uning manbalariga ko‘ra, yuqorida tilga olingan davlatlar vakillari G‘azo bo‘yicha "ishtirokchilar o‘rtasida samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash va kelishuv shartlari bajarilishini nazorat qilish" uchun tuzilgan Bitimning bajarilishini monitoring qilish markazi tarkibiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Isroil va Falastinning XAMAS radikal harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.

Kiritildi: 10:35 18.01.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!