Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, matematik Toshmuhammad Sarimsoqovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar berdi:
- “Sarimsoqov o‘qishlari” yo‘lga qo‘yiladi,
- Andijon davlat universitetining iqtidorli talabalari uchun olim nomidagi stipendiyalar tashkil etiladi;
- u kishi tug‘ilgan Shahrixon tumanida Toshmuhammad Sarimsoqov nomidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktab barpo etib, yodgorlik o‘rnatiladi.