Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Tibbiyot sohasini rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni hal qilish maqsadida maxsus «Sall-markaz» ishga tushirildi.

☎️“Sall-markaz”ning 1295 raqamiga tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va soha rivojiga turtki beradigan g‘oya va takliflar bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

SSV axborot xizmati ma’lum qilishicha, prezident tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

👩🏻‍⚕️“Sall-markaz”ga yo‘llangan murojaatlarning aksariyati mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmasevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi.

Kiritildi: 18:28 16.11.2021. O'qildi: 2250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!