Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev BMTdagi nutqida qaysi so‘zlarni eng ko‘p ishlatdi?

Mirziyoyev BMTdagi nutqida qaysi so‘zlarni eng ko‘p ishlatdi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqini lingvistik tahlil qildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, prezident nutqida asosiy o‘rinni “maqsad” so‘zi (11 marta) egallagan bo‘lib, strategik yo‘nalishlarning ustuvor ahamiyatini aks ettiradi. Shuningdek, mamlakat va milliy manfaatlar masalalariga katta e’tibor qaratilgan – “davlat” so‘zi 7 marta tilga olingan.

Muhim aksentlardan biri global kun tartibi va jahon chaqiriqlari bo‘lib, “global” so‘zi 8 marta ishlatilgan. Bu milliy vazifalarni xalqaro kontekstga uyg‘unlashtirishga intilishni ko‘rsatadi. Xususan, Markaziy Osiyoning zamonaviy jarayonlardagi roli alohida ta’kidlangan. “Osiyo” so‘zi 7 marta, “Markaziy” esa 6 marta ishlatilib, nutqning mintaqaviy o‘lchamini ko‘rsatadi.

Kelgusi rivojlanish nuqtai nazaridan esa “yangi”, “O‘zbekiston”, “dunyo” va “harakat” kabi asosiy atamalar har biri 6 marta tilga olingan. Shu bilan birga, “ta’lim”, “transport”, “siyosat” va “sherik” so‘zlari 5 martadan, “platforma” va “mexanizm” so‘zlari esa 4 martadan ishlatilib, taklif etilgan tashabbuslarning institusional xususiyatga egaligini ko‘rsatadi.

So‘z va iboralarni takrorlanishining tahlili

Nutqda tez-tez qo‘llanadigan ifodalar ajralib turadi. Eng ko‘p uchraydigan so‘z birikmasi — “Markaziy Osiyo” (6 marta). Shundan keyin “doimiy rivojlanish” (4 marta) tilga olingan.

Bundan tashqari, quyidagi ifodalar har biri 2 martadan ishlatilgan: “Osiyo davlatlari”, “Yangi O‘zbekiston”, “sun’iy intellekt”, “sog‘liqni saqlash”, “xotin-qizlar”, “suv resurslari”, “infratuzilma loyihalari”, “terrorizmga qarshi”, “gumanitar inqiroz”.

Shu tariqa nutqda mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalari bilan birga, inson kapitali uchun muhim yo‘nalishlar — xotin-qizlar roli, sog‘liqni saqlash va suv resurslariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, innovasiyalar, infratuzilma va xavfsizlik masalalari modernizasiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

So‘zlarning mavzular bo‘yicha tahlili, davlat rahbari nutqida asosiy urg‘uni Markaziy Osiyoda hamkorlikka (18 foiz) va transport va ekologik masalalarga (18 foiz) qaratganini ko‘rsatadi.

Nutqning sezilarli qismi yoshlar va ma’naviyat mavzulariga hamda Yangi O‘zbekiston islohotlariga bag‘ishlangan — har biri 15 foizni tashkil etgan. BMT va global vaziyatga oid masalalar 12 foiz ulushni, Afg‘oniston, G‘azo, Ukrainadagi xavfsizlik va gumanitar muammolar 10 foizni tashkil qilgan. Terrorizmga qarshi kurash, gender siyosati va ijtimoiy tenglik masalalari esa 6 foiz ulushga ega bo‘lgan.

Kiritildi: 13:48 26.09.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!