Mirobod tumanida, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan, elektrosamokatlarda sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot.
30-may kuni soat 08:03 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 25-uy oldida elektrosamokatlar yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 08:07 da yetib borib, yong‘in soat 08:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.