“O‘zbekiston Respublikasi milliy investisiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-303-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi milliy investisiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
➖Jamg‘arma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
➖Jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
➖Jamg‘arma aktivlariga investisiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institusional investorlarni jalb qilish;
➖Jamg‘arma investisiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
📝 Jamg‘arma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o‘tkaziladigan korxona va tijorat banklarining ro‘yxati tasdiqlandi.
🏢 Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.
✅ Jamg‘armaning 2030 yilgacha investisiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga ko‘ra dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi.