O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash va idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalariga ish (xizmat)ga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3491, 17.01.2024 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash va idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalariga (harbiylashtirilgan qo‘riqlash va qorovullik bo‘linmalari) ish (xizmat)ga qabul qilish tartibi belgilangan.
Xususan, harbiylashtirilgan qo‘riqlash va qorovullik bo‘linmalariga nomzodlar tanlov asosida mavjud bo‘sh lavozimlardan kelib chiqqan holda Qo‘riqlash bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Bunda:
Dastlabki o‘rganish, suhbat, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va jismoniy tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori ball to‘plagan hamda tibbiy ko‘rikdan yaroqli deb topilgan nomzodlar bo‘sh lavozimlardan kelib chiqib, harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalariga qabul qilinadi.
Dastlabki o‘rganish va jismoniy tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar bo‘sh lavozimlardan kelib chiqib, qorovullik bo‘linmalariga qabul qilinadi.
Bunda, nomzodlarning natijalari teng bo‘lgan taqdirda jismoniy tayyorgarlik bosqichida yuqoriga natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.
Agar nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik bosqichidagi natijalari ham teng bo‘lgan taqdirda Qabul komissiyasi tomonidan qo‘shimcha suhbat o‘tkaziladi va eng yuqori natija qayd etgan nomzod tanlab olinadi.