Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Milliy gvardiya xodimlariga maxsus dubinkalardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Milliy gvardiya xodimlariga maxsus dubinkalardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

“Milliy gvardiya to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari maxsus vositalarni qo‘llashda “rezina tayoqlar” bilan birgalikda “maxsus tayoqlar”dan ham foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, hozirgi kunda, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus bo‘linmalari tomonidan jamot tartibini saqlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish va huquqbuzarlarni qo‘lga olish jarayonida rezina tayoqlar bilan birgalikda, teleskopik va plastik tayoqlardan keng foydalanib kelinmoqda.

Shuningdek, teleskopik tayoqlarni shaxsiy tarkib xizmati mobaynida yig‘ilgan holatda olib yurish imkoniyatiga ega bo‘lib, metalldan tayyorlangani sababli, faol qarshilik ko‘rsatgan tartibbuzarlarni “bo‘ysundirish”, “kuzatib olib ketish”, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish, xizmat otlarida turib foydalanish uchun qulay hisoblanadi hamda undan, zarurat bo‘lganda “transport vositalarining oynasini sindirishda” ham foydalanish mumkin.

Ushbu qonun loyihasi muhokamasi 5 dekabrgacha davom etadi.

Kiritildi: 14:49 21.11.2023. O'qildi: 1544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!