Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda

Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator qonunlar ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun maromiga yetkazilayotgan bo‘lsa, qonun tashabbusi huquqiga ega sub’ektlar tomonidan kiritilgan yana ayrim qonun loyihalari birinchi o‘qishda muhokama qilish uchun mas’ul qo‘mitalar tomonidan tayyorlanmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev.

Qayd etilishicha, ulardan biri “Qo‘riqlash va nazorat-lisenziyalash faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘lib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga, muqaddam Ichki ishlar vazirligi tarkibida bo‘lgan Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi va uning bo‘linmalari, Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida batalyoni, Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni talab etadi.

Loyiha qonun tashabbuskori tomonidan quyi palataga kiritilganidan so‘ng Mudofaa va xavfsizlik macalalari qo‘mitasi tomonidan sohaga oid amaldagi qonun normalari o‘rganildi, ekspertlar va mutaxacsislar fikr-mulohazalari olindi va qonun loyihasi birinchi o‘qishga tayyorlandi.

Loyiha bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.

Ayni paytda qonun loyihasi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhiga taqdim etilgan bo‘lib, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:14 12.09.2019. O'qildi: 2610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!