Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Milliy gvardiya qo‘mondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi

A A A
Milliy gvardiya qo‘mondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi

O‘zbekiston prezidenti farmoniga binoan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Toshmatov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda prezident maslahatchisi, Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi Tursunxon Xudoybergenovga turli darajadagi generallik unvonlari berildi.

Xususan, Milliy gvardiya boshlig‘i Bahodir Toshmatov O‘zbekistonda darajasi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan (armiya generali unvonidan keyin) general-polkovnik harbiy unvoni bilan taqdirlangan. U O‘zbekistonning yangi tarixida bunday darajadagi unvonni olgan yettinchi kishi bo‘ldi.


Ichki ishlar vaziri Po‘lat Razzoqovich Bobojonovga va prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenovga general-leytenant unvoni berilgan.


Bundan avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizovga general-leytenant unvoni berilgani xabar qilingandi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 06:46 15.01.2019. O'qildi: 3925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!