Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Millionlar ortidan quvib, firibgarga yo‘liqqanlar

A A A
Millionlar ortidan quvib, firibgarga yo‘liqqanlar

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir asossiz xabar tarqalmoqda. Unda go‘yoki “Engil shartlarni bajarganlarga 18 mln. so‘m beriladi” deya ma’lum qilingan. Bunday xabarlar firibgarlik holatlaridan biridir.


Fuqarolarga har qanday shubhali ma’lumotga ishonmaslik, unga amal qilmaslik hamda xabarlarning haqiqiyligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Aldanib qolmaslik uchun doimo ogoh bo‘ling.


Xabarni tekshirish choralari:
- Manbaga e’tibor: xabarda kim tomondan chiqqanligi yoki rasmiy manba ko‘rsatilganmi? Agar ko‘rsatilmasa, yordamchi manbalarni izlab ko‘ring.
- Rasmiy manbalarni tekshiring: davlat organlari, banklar,onlayn portallarining ijtimoiy akkauntlari orqali tasdiqlash.
- Akkauntning holati: foydalanuvchi nomi, ko‘rsatkichlar, qaysi platformada shu akkaunt qanchalik aktiv yoki yaxshilab tekshirilganligini ko‘ring. Etiketka (verified) bor-yo‘qligini tekshiring.
- Matn: xabardagi grammatik xatoliklar, manbadagi nomlar yolg‘onligi uchraydi.

Kiritildi: 06:56 31.08.2025. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!