Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Millionerlar uchun COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida soliq joriy etildi

A A A
Millionerlar uchun COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida soliq joriy etildi

Argentina parlamenti 4 dekabr kuni koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘ jalb etish imkonini beruvchi katta xususiy mulklar egalari uchun soliq kiritishni nazarda tutadigan qonun  loyihasini ma’qulladi, deb yozadi «RBK».

Qonunchilik majlisining "Twitter"ida xabar berilishicha, COVID-19’ga qarshi kurashga «hamjihatlik yuzasidan va rejadan tashqari hissa qo‘shish» haqidagi qonun loyihasini 42 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 26 nafari unga qarshi ovoz bergan.

Bir martalik 2 foizli soliq xususiy mulki 200 million peso (2,45 million dollar)dan ziyod bo‘lgan fuqarolar uchun joriy etiladi. Hukumat yangi fiskal vosita orqali jami 3,7 milliard dollarga yaqin mablag‘ yig‘ib olishni mo‘ljallamoqda.

«Soliq rejadan tashqari, chunki hozirgi vaziyat ham rejadan tashqari», — dedi hukmron partiyadan senator Anabel Fernandes Sagasti o‘z Twitter’ida. Uning so‘zlariga ko‘ra, soliqni katta mol-mulkka ega 9,3 ming kishi to‘laydi.

Argentina iqtisodiyoti 2018 yildan buyon resessiya (pasayish) holatida bo‘lib, u bu yil ham shunday holatni namoyon etishi mumkin. Mamlakatda inflyasiya darajasi yuqori, nochorlik ham keskin o‘sib bormoqda.

Yangi soliqdan tushgan daromadlar koronavirusga qarshi uskuna va mahsulotlar sotib olishga, kichik va o‘rta biznesni, kambag‘al hududlarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, mamlakat gaz tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Argentina dunyoda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 1,45 million kishi COVID-19’ga chalingan, 39,5 ming kishi vafot etgan.

Kiritildi: 08:18 07.12.2020. O'qildi: 2268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!